“Barselona” prezidenti Joan Laporta Dortmundning “Borussiya” klubi hujumchisi Erling Xolandning “Real”ga oʻtishiga yoʻl qoʻymaslik uchun hamma narsani qilmoqchi.
Kataloniya klubi Xoland va PSJ hujumchisi Kilian Mbappening “Real”da oʻziga xos tandem hosil qilishidan choʻchimoqda. Laporta norvegiyalikning Madrid klubiga ehtimoliy transferini buzish uchun hamma narsani qilishini tan oldi.
“Barsa” prezidenti “Real Madrid” hujumida Vinisius Junior, Kilian Mbappe, Karim Benzema va ehtimol Erling Xolland oʻynashidan qoʻrqishini yashirmaydi.
Laporta 21 yoshli futbolchini qoʻlga kiritish yoʻlini qidirmoqda, biroq uning asosiy maqsadi hujumchining “Real Madrid”ga oʻtishiga yoʻl qoʻymaslik, deb yozadi Marca.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!