“Barselona”da jiddiy koronavirus epidemiyasi kuzatilmoqda.
Kataloniya klubining 10 nafar futbolchisida koronavirusga qarshi test natijalari ijobiy natija bergan. Bular Filippe Koutinyo, Serjinyo Dest, Abde Ezzalzuli, Jordi Alba, Dani Alves, Kleman Langle, Samuel Umtiti, Aleks Balde, Usman Dembele va Gavi.
Shunday qilib, hozircha “Barsa”ning asosiy tarkibini Mark-Andre Ter Shtegen, Neto, Oskar Mingesa, Erik Garsiya, Jerar Pike, Ronald Arauxo, Frenki De Yong, Riki Puch va Lyuk de Yongdan iborat 9 nafar sogʻlom futbolchilar tashkil etmoqda.
Qayd etish mumkin, “Barselona” navbatdagi oʻyinini 2-yanvar kuni “Malyorka”ga qarshi oʻtkazadi. Keltirilishicha “Barsa” akademiyadan oʻyinchilarni jalb qilish orqali qaydnoma uchun kerakli miqdordagi oʻyinchilarni jalb qilishi mumkin.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!