“Barselona” yarimhimoyachisi Usman Dembele klub bilan shartnomasini uzaytiradi.
Diario Sport xabariga koʻra, kelasi hafta futbolchi 5 yillik yangi shartnomaga imzo chekadi. Kelishuvga koʻra, fransiyalik futbolchi maoshini kamaytirilishga rozi boʻldi.
Qayd etilishicha, Dembelening klubda qolish istagi yangi shartnoma imzolanishida asosiy omil boʻldi. Fransuzning agentlari uchun Usmaning boshqa chempionatdagi jamoaga oʻtishi ustuvor variant boʻldi.
Maʼlumot uchun, La Liganing joriy mavsumida Dembele 5 ta oʻyinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirishga muvaffaq boʻlgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!