“Manchester Siti”ning hujumkor yarimhimoyachisi Rahim Sterling mavsum o‘rtasida klubini o‘zgartirishi mumkin.
Hozircha unga qiziqish bildirayotgan asosiy jamoa “Barselona” bo‘lib turib turipti. Mirror xabariga ko‘ra, Kataloniya klubi yanvar oyida Sterlingni yozda sotib olish sharti bilan ijaraga olmoqchi.
Manbaning ma’lum qilishicha, “Barselona” “Manchester Siti”ning javobini dekabr oyining birinchi haftasi oxirigacha kutadi. Shundan so‘ng agar rad javobi beriladigan bo‘lsa, klub boshqa muqobil variantlarni ko‘ra boshlaydi.
Sterlingning o‘zi avvalroq faoliyatida yangi bosqichga tayyor ekanligini aytgandi. Jek Grilish “Manchester Siti”ga kelganidan so‘ng, u kamroq o‘yin amaliyotiga ega bo‘la boshladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!