Kataloniyaning “Barselona” klubi vingeri Usmon Dembele avvalroq Xavi ta’sis etgan qoidalarga sekin-asta moslashmoqda, deb xabar beradi Goal nashri.
Qayd etilishicha, fransiyalik futbolchi jamoaning kechagi mashgʻulotlar lageriga birinchi boʻlib yetib keldi. Avvalroq Usmon yig‘inga 3 daqiqaga kechikkani uchun jarimaga solingan edi.
Taʼkidlanishicha, himoyachilar — Jerar Pike, Erik Garsiya, Serxi Roberto hamda yarimhimoyachilar — Pedri va Niko Gonsaleslar umumiy guruh mashgʻulotlarga qaytishgan.
Ular 20-noyabr kuni boʻlib oʻtadigan “Espanyol” bilan oʻyinga tayyorgarlik koʻrishmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!