Bundesliga 11-turi doirasida “Bavariya” oʻz maydonida “Frayburg”ni qabul qildi hamda 2:1 hisobida g‘alabaga erishdi.
“Qizillar”ga g‘alaba keltiruvchi gollarga Goretska hamda Levandovskilar mualliflik qilishdi. Mehmonlarning javob goli Haberer tomonidan kiritildi.
Qayd etish kerak, “Frayburg” mavsumdagi ilk magʻlubiyatini qabul qilib oldi.
Shu orqali “Bavariya” o‘z ochkolarini 28taga yetkazib olgan holda, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. “Frayburg” hisobida esa 22 ochko mavjud.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!