Myunxenliklar kecha jarohat olgan Luka Ernandesning o‘rniga futbolchi sotib olmaydi.
Fransiyalik himoyachi 2022-yilgi Jahon chempionatida Fransiya terma jamoasi Avstraliyaga qarshi (4:1) g‘alaba qozongan o‘yinda o‘ng tizzasining oldingi xochsimon qismini jarohatlab olgan edi.
Sport1 jurnalisti Kerri Xouning so‘zlariga ko‘ra, “Bavariya” o‘rniga o‘rinbosar izlamoqchi emas.
Ma'lumotni “Bavariya” sport direktori Hasan Salihamidjich tasdiqladi.
“Albatta, biz hammamiz hayratdamiz va sodir bo‘lgan voqeadan juda afsusdamiz. Lekin Luka jangchi va u kuchli bo‘lib qaytib keladi. Qishda hech qanday nimoyachi sotib olmaymiz”, – dedi Salihamidjich.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!