“Bavariya” va “Yuventus” keyingi qishki transfer oynasida oʻzaro oʻyinchi almashishi mumkin — italiyaliklar himoyachi Benjamin Pavarga qiziqish bildirmoqda, jamoani esa katta ehtimol bilan yarim himoyachi Artur Melo tark etadi.
Keltirilishicha, myunxenlik muxlislar Pavarning oʻyinlaridan norozi boʻlmoqda. Oʻz navbatida futbolchining xizmatlariga shaxsan turinliklar ustozi Massimiliano Allegri qiziqish bildirmoqda.
Potensial kelishuv boʻyicha muzokaralarni osonlashtirish uchun “Yuventus” nemis jamoasiga hozirgi murabbiylar shtabiga endi kerak boʻlmagan Arturni taklif qilmoqda.
Shuningdek, maʼlum qilinishicha, italiyaliklar Pavar uchun qoʻshimcha bir necha million toʻlashlari kerak.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!