Kechadan Belgradda oʻtayotgan boks boʻyicha jahon chempionatining yarim final bellashuvlari start oldi.
Ushbu bosqichga yetib kelgan ikki bokschimizdan biri kecha oʻz jangini oʻtkazdi. -92 kg vaznli vakilimiz Madiyar Saidrahimov jahon chempionati yarim finalida kubalik Xulio La Kruzga qarshi ringga koʻtarildi va imkoniyatni boy berib qoʻydi.
Shu tariqa, Saidrahimov mazkur Jahon chempionatida Oʻzbekiston hisobidagi hozircha yagona boʻlib turgan medal, bronza medalini qoʻlga kiritdi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq boshqa bir hamyurtimiz Abdumalik Xalakov yarim final bosqichida eronlik raqibi jarohat tufayli jangga chiqmagani uchun toʻgʻridan-toʻgʻri final bosqichiga yoʻl olgan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!