“Real” hujumchisi Ronalduning “Real”dagi paytlari haqida gapirdi.
“U “Real”da oʻynaganida yiliga 50-60 ta gol urgan. Shuning uchun men bu haqiqatga moslashishim kerak edi. Men maydonda koʻproq harakat qilishim, unga joy yaratishim kerak edi.
U ketganidan soʻng, nazoratni qoʻlga olish, gol urish va jamoadoshlarimga yordam berish navbati menga keldi. Men jamoani boshqaryapman va hammasi yaxshi ketmoqda.
Men Ronaldu kabi oʻynamayman va u Benzema kabi oʻynamaydi. Krishtianu “Real Madrid”da oʻynaganida, men koʻproq ijodkor edim, u esa yakunlovchi edi”, — dedi fransuz futbolchisi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!