Angliyalik besh yoshli qizaloq kitob yozish orqali Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi. Bu haqda “UPI” xabar bermoqda.
Bella Jey Dark dunyodagi eng yosh yozuvchi bo‘lib, uning “Yo‘qolgan mushuk” nomli kitobi 1000 dan ortiq nusxada sotilgan. Asar nusxalarini tarqatishda yordam bergan qizning onasi Chelsi qizi bilan faxrlanishini aytgan.
“Otasi ham, men ham u bilan faxrlanamiz”, deydi ayol.
“Yo‘qolgan mushuk” – ko‘chada adashib qolgan va onasisiz notanish joylarda yurmaslik kerakligini anglagan mushuk haqidagi hikoya. Yozuvchi qizaloqning onasi bu hikoya boshqa yosh bolalar uchun ibratli bo‘ladi, deb hisoblaydi.
“Bella bittadan tashqari barcha rasmlarni o‘zi chizgan”, deya qo‘shimcha qilgan Chelsi.
Shuningdek, qizaloqning onasi Bellaning yozish qobiliyatini rivojlantirishda davom etishiga va “Yoqolgan mushuk”ning davomini yozishiga ishonchi komilligini ta’kidlagan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!