Rossiya prezidenti Vladimir Putin kelasi haftada Tojikiston va Turkmanistonga tashrif buyuradi. Bu haqida 26-iyun kuni “Россия 1” telekanalidagi dasturda e’lon qilindi.
Ma’lum bo‘lishicha, dastlab Vladimir Putin Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan katta muzokaralar o‘tkazish uchun Dushanbega boradi. Uchrashuv davomida suhbat va tushlik rejalashtirilgan. Shundan so‘ng, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Kaspiy sammitida ishtirok etish uchun Turkmanistonga uchib ketadi.
Bu Rossiya rahbarining Ukrainaga qarshi harbiy operatsiya boshlanganidan beri ilk xorijiy safari bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, Putin 15-16 sentyabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga kelishi ma’lum bo‘lgan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!