Shu kunlarda Toshkent shahrida boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Kecha, 25-yanvar kuni kuzatilgan elektr ta’minotidagi muammolar tufayli ushbu turnirda kichik to‘xtalish yuzaga keldi va buning natijasida taqvimga o‘zgartirish kiritildi. O‘zbekiston boks federatsiyasining ma’lum qilishicha, bugun ham musobaqada dam olish kuni bo‘lib, qolgan bosqichlar ertadan davom ettiriladi.
Yuzaga kelgan vaziyatdan so‘ng taqvim quyidagicha ko‘rinish oldi:
26-yanvar: dam olish kuni
27-yanvar: Yarim finallar (ayollar 12:00-16:00, erkaklar 17:00-21:00)
28-yanvar: dam olish kuni
29-yanvar: finallar (ayollar 13:00-16:00, erkaklar 17:00-20:00)
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!