Qozogʻistonning Nur-Sulton shahrida boks boʻyicha xalqaro “Yelorda kubogi” musobaqasi oʻz nihoyasiga yetdi. Kuchli boks maktabiga ega boʻlgan 10 dan ortiq mamlakat vakillari ishtirok etgan turnirda oʻzbekistonlik sportchilar 16 ta medal jamgʻarishdi.
Bugun turnirning final bahslari boʻlib oʻtdi. Murosasiz janglar yakunida Lazizbek Mullojonov hamda Nigina Oʻktamova oltin medallarga sazovor boʻlishdi.
Musobaqa yakuniga koʻra, Oʻzbekiston erkaklar va ayollar terma jamoalari 2 ta oltin, 5 ta kumush va 9 ta bronza medallarini qoʻlga kiritdi. Terma jamoamiz safida quyidagi bokschilar sovrindor boʻlishdi:
Oltin:
-54 kg: Nigina Oʻktamova
+92 kg: Lazizbek Mullojonov
Kumush:
-50 kg: Sabina Boboqulova
-52 kg: Feruza Kazakova
-57 kg: Sitora Turdibekova
-48 kg: Asilbek Jalilov
-75 kg: Saidjamshid Jafarov
Bronza:
-48 kg: Farzona Fozilova
-48 kg: Marjona Savriyeva
-66 kg: Navbahor Hamidova
-75 kg: Sohiba Roʻzmetova
-51 kg: Shahzod Muzaffarov
-57 kg: Dilshod Abdumurodov
-60 kg: Adhamjon Muhiddinov
-63,5 kg: Mujibillo Tursunov
+92 kg: Jahongir Zokirov.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!