$
12697.00 UZS
2.04
135.05 UZS
0.39
13547.70 UZS
38.99
22° Kechasi 10°

Bolalarning uyquda tish gʻichirlatishi nimadan darak beradi?

10:27 / 18.01.2022

Statistik maʼlumotlarga koʻra, sayyoramizdagi har ikkinchi bola uyquda tishini qichirlatadi. Buning sabablari bir emas, bir nechta boʻlishi mumkin.

Odatda uyquda tish qichirlatishni organizmda parazitlar mavjud ekani, uyqu vaqtida ularning faollashishi, buning natijasida tishlarning beixtiyor gʻichirlashi bilan izohlashadi. Shuni taʼkidlab oʻtish kerakki, bu oʻz isbotini topmagan maʼlumot.

Bolalar odatda tishlarini ruhiy noqulaylik yoki irsiy omillar tufayli gʻichirlatishadi. Agar bolangiz tunda tishlarini gʻichirlata boshlasa, uning oʻtkazgan kunini tahlil qilib koʻring. Balki bolani stressga duchor qilgan biror voqea sodir boʻlgandir? Stress holati bolakayni toʻlaqonli hordiq chiqarishiga imkon bermaydi. Agar bunday holat bir necha kun davom etsa, uning uchun qulay sharoit yaratib berishga harakat qiling, unga salbiy taʼsir qiluvchi odamlar hamda tashqi omillardan uzoqroq tuting.

Tishlarning gʻichirlashi – irsiy omillar tufayli ham paydo boʻlishi mumkin. Agar bola tishlarini gʻichirlata boshlasa, yaqin qarindoshlaringiz orasida ham shunday odatga ega odam bor-yoʻqligi bilan qiziqing.

6-18 oylik bolalarning tishlari milklarni yorib chiqayotgan paytda ularda tish gʻichirlatish holati kuzatiladi. Ular milklardagi noqulaylik va ogʻriqni bartaraf qilish uchun jagʻ qismini qattiq siqib olishadi, natijada gʻichirlash yuzaga keladi. Bu holatning oldini olish uchun milklarni ohista uqalash, ogʻriq hamda qichishishni kamaytirishga harakat qilish kerak. Unga olma, sabzi kabi qattiq mahsulotlardan tayyorlangan ovqatlar berish tavsiya etiladi.

Tishlar gʻichirlashini davolash siz oʻylagandek qiyin emas. Buning uchun eng avvalo bola ruhiyatiga salbiy taʼsir qilayotgan omillarni undan uzoqlashtirish kerak. Bolangiz uyquga yotishidan avval yelkalarini uqalab qoʻying, ertak oʻqib bering, u bilan dildan suhbatlashing. Bolaga bor ovozingiz bilan baqirmang, uni qoʻrqitmang, urishmang, jazolamang.

Muammoni shifokor maslahatiga koʻra bartaraf qilish yanada osonroq boʻladi. Gʻichirlash tishlarning notoʻgʻri joylashuvi natijasida kelib chiqayotgan boʻlsa, tish shifokori tomonidan bolakay uchun silikon vosita tavsiya etiladi.


salomatlik


														
														Ikki tillilik Altsgeymerdan himoya qilishi mumkin

Ikki tillilik Altsgeymerdan himoya qilishi mumkin

Ikki tildan foydalanish odamlarni ma’lum darajada keksalikdan himoya qilishi uzoq vaqtdan beri ma’lum.
14:00 / 23.03.2024

														
														Saraton kasalliklarida eng foydali yegulik

Saraton kasalliklarida eng foydali yegulik

Olimlar tomonidan tadqiqot o‘tkazildi.
13:43 / 14.03.2024

														
														Stressdan tez chiqib ketsa bo‘ladimi?

Stressdan tez chiqib ketsa bo‘ladimi?

Stressdan tez chiqib ketish uchun tavsiyalar.
13:23 / 02.03.2024

														
														Yoshlikni kamida 5 yilga uzaytirishga yordam beradigan mahsulotlar

Yoshlikni kamida 5 yilga uzaytirishga yordam beradigan mahsulotlar

Shunday qilib, mutaxassislar ovqatlanish uchun ideal formulani aniqlashga muvaffaq bo‘lishdi.
11:25 / 01.03.2024

														
														Mikroto‘lqinli pechda qizdirilmasligi kerak bo‘lgan taomlar ro‘yxati

Mikroto‘lqinli pechda qizdirilmasligi kerak bo‘lgan taomlar ro‘yxati

Tabiiy yog‘lar qizdirilganda trans yog‘larga aylanadi.
15:04 / 24.02.2024

														
														O‘ta kuchli uyquchanlik kasallik bo‘lishi mumkin

O‘ta kuchli uyquchanlik kasallik bo‘lishi mumkin

Narkolepsiya - bu uyqu buzilishlari guruhidagi surunkali kasallik.
12:11 / 22.02.2024

														
														Gadjetlar nima uchun zararli?

Gadjetlar nima uchun zararli?

Boshning har 2-3 santimetr egilishida bo‘yin ushlab turishi kerak bo‘lgan vaznga 4-5 kilogramm yuk  qo‘shiladi.
13:18 / 15.02.2024

														
														Allergiya nimadan qo‘rqadi?

Allergiya nimadan qo‘rqadi?

Tailandlik olimlarning ta’kidlashicha, allergik ta’sirlanishlar biz iste’mol qiladigan qatiqqa teskari proporsionaldir.
11:42 / 14.02.2024

														
														Sog‘likka zarar yetkazadigan xato

Sog‘likka zarar yetkazadigan xato

Yuvish vositalarida mavjud bo‘lgan moddalar tanaga zararli bo‘lishini bilarmidingiz? U qo‘l terisida qichishish va jiddiy de…
10:21 / 14.02.2024

														
														Kollagen rostdan foydalimi yoki shunchaki pulni behuda sarflashmi?

Kollagen rostdan foydalimi yoki shunchaki pulni behuda sarflashmi?

Yosh o‘tgan sari inson tanasi kamroq kollagen ishlab chiqarishni boshlaydi.
17:14 / 09.02.2024

Bu ham qiziq

Shahzoda Muhammedova o‘g‘li Dinislomni ilk bor ko‘rsatdi

Shahzoda Muhammedova o‘g‘li Dinislomni ilk bor ko‘rsatdi

Bir necha oy o‘tgach, yulduzli juftlik chaqaloqni muxlislarga ko‘rsatishga qaror qilishdi.
13:50 / 19.04.2024
Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon muzokaralardan so‘ng OAV vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon muzokaralardan so‘ng OAV vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon oliy darajadagi muzokaralardan so‘ng ommav…
19:27 / 18.04.2024
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel-suv toshqini bo‘lishi kutilmoqda

O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel-suv toshqini bo‘lishi kutilmoqda

“O‘zgidromet” 20-23-aprel kunlari kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilayotgani sababli respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarid…
15:41 / 19.04.2024
Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i ikkita jinoyatda gumonlanayotgani yuzasidan rasmiy izoh berildi

Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i ikkita jinoyatda gumonlanayotgani yuzasidan rasmiy izoh berildi

Merey Omonboyeva Palataning Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyatini davom ettirmoqda – Savdo-sa…
16:40 / 19.04.2024
Prezident Tojikiston Bosh vazirini qabul qildi

Prezident Tojikiston Bosh vazirini qabul qildi

Unda O‘zbekiston-Tojikiston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari muhokama qilingan.
14:25 / 19.04.2024
Qirg‘iziston TIV fuqarolarini Isroil, Eron, Livan, Suriya, Iroq va Falastin hududlariga borishdan tiyilishga chaqirdi

Qirg‘iziston TIV fuqarolarini Isroil, Eron, Livan, Suriya, Iroq va Falastin hududlariga borishdan tiyilishga chaqirdi

Shuningdek, vazirlik elchixonalarining favqulodda telefon raqamlari mavjud bo‘lib, ular orqali mintaqadagi Qirg‘iziston fuqa…
15:08 / 19.04.2024
Prezidentlar elchixonaning yangi binosini tantanali ravishda ochdilar

Prezidentlar elchixonaning yangi binosini tantanali ravishda ochdilar

Ikki Prezident Faxriy mehmonlar kitobiga o‘z tilaklarini yozib qoldirdilar.
15:13 / 19.04.2024
Keniya harbiy rahbariyati vakillari vertolyot halokati oqibatida halok bo‘ldi

Keniya harbiy rahbariyati vakillari vertolyot halokati oqibatida halok bo‘ldi

Ular orasida Keniya Mudofaa vaziri ham bor.
10:50 / 19.04.2024
Avstraliyalik erkak qayiqda emas, qovoqda daryodan suzib о‘tdi

Avstraliyalik erkak qayiqda emas, qovoqda daryodan suzib о‘tdi

Qovoq “Tormund” deb nomlangan.
14:07 / 18.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!