Bugun, 7-iyul kuni Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson jinsiy zo‘ravonlik bilan bog‘liq janjal va karatin paytida Dauning-stritda joylashgan hukumat uyida ziyofatlar uyushtirgani uchun o‘z lavozimini yo‘qotishi mumkin.
Agar Jonsonning ehtimoliy iste’fosi amalga oshsa, bu nafaqat uning siyosiy faoliyatiga nuqta qo‘yadi, balki Buyuk Britaniyaning Ukraina masalasidagi pozitsiyasini tubdan o‘zgartirishi mumkin.
“Jonsonning Mudofaa vaziri Ben Uolles va Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Liz Trussdan olgan yordami hozirgi bosh vazir rahbarligisiz ham London Ukraina inqirozida muhim rol oֲ‘ynashda davom etishini anglatadi”, – deydi britaniyalik jurnalist va mudofaa sharhlovchisi Kon Koflin.
“Biroq, Jonsonning o‘rniga keladigan vorisda Ukraina uchun tavakkal qilishga moyillik u qadar yaxshi bo‘lmasligi yoki Kiyev manfaati uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishni istamasligi mumkin”, – deb ta’kidlaydi u.
Shuningdek, ko‘plab siyosiy sharhlovchilarning fikricha, Qo‘shma shtatlar prezident Jo Baydenning doimiy xatolari tufayli Ukraina masalasida G‘arb ittifoqidagi o‘zining an’anaviy yetakchilik rolini amalga oshira olmayotgan edi. Ushbu vaziyatdan unumli foydalangan Jonson Ukraina masalasida liderga aylangandi.
Ammo, u jinsiy zo‘ravonlik bilan bog‘liq ziddiyat va karantin paytida Dauning-stritdagi hukumat uyida ziyofatlar uyushtirgani tufayli o‘z lavozimini yo‘qotish xavfiga duch keldi.
Agar bu amalga oshsa Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy G‘arbdan kelayotgan yordamning kattagina qismidan quruq qolishi mumkin. Chunki, boshqa Yevropa mamlakatlari rahbarlari Kiyevga harbiy va moddiy ko‘mak berish borasida quruq gapdan nariga o‘ta olmayotgan bir paytda Jonson Zelenskiyga juda katta miqdorda yordam vositalarini berib, Kiyevni ham moddiy, ham harbiy jihatdan qo‘llab kelayotgan edi.
Mamlakat rasmiylari Jonson “kreslo”sini bo‘shatgan taqdirda ham Angliyaning Ukraina masalasidagi pozitsiyasi o‘zgarishsiz qolishini ta’kidlashgan. Lekin, uning o‘rniga Buyuk Britaniya bosh vaziri lavozimiga keladigan nomzod Ukraina uchun Jonson kabi tavakkal qilish-qilmasligi noma’lum.
Ma’lumot uchun, Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson iste’foga chiqishidan oldin Ukrainaga yana 1 milliard funt sterling miqdorida harbiy yordam berishini ma’lum qilgandi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!