Bosh prokuraturaning Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tadbirda Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida ishlagan Sh.V. pora olganlikda gumonlanib qo‘lga olindi.
Aniqlanishicha, u qarindoshi Sh.N. orqali uning tanishi A.K.ning ishonchiga kirib, unga nisbatan Buxoro viloyati prokuraturasi ish yurituvidagi jinoyat ishini tanishlari orqali tugatib berishni va’da berib, 27-noyabr kuni fuqaro A.K.dan 3.000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.
Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura tomonidan 7-dekabr kuni Sh.V.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi (Firibgarlik), 28, 211-moddasi 1-qismi (Pora berish) hamda Sh.N.ga Jinoyat kodeksining 212-moddasi 1-qismi (Pora olish-berishda vositachilik qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Gumonlanuvchi Sh.V. prosessual tartibda ushlandi.
Bosh prokuratura Matbuot xizmati fuqarolardan tizimda korrupsion holatlarga duch kelganlarida Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasining 71-202-08-28 raqamli ishonch telefoniga murojaat qilishlarini so‘ramoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!