Kikboksingda kattagina yutug‘larga erishib, MMAga o‘tgan Anvar Boynazarov deyarli bir yillik tanaffusdan so‘ng yana oktagonga qaytmoqda.
Samarqandlik aralash jang ustasi 14-yanvar kuni AQSHning Texas shtati Dallas shahrida o‘tkaziladigan LFA 121 turnirida amerikalik Jon Famga qarshi oktagonga ko‘tariladi. 28 yoshli Jon hozirgacha olti jang o‘tkazib, ularning to‘rtasida g‘alaba qozongan. Boynazarov esa har ikkala jangini g‘alaba bilan yakunlagandi.
Eslatib o‘tamiz, 33 yoshli sportchimiz o‘tgan yilning mart oyida AQSHning Florida shtatida tashkil etilgan Combat Night turnirida mezbon sportchi Rob Fullerni muddatidan avval mag‘lubiyatga uchratgan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!