$
12689.97 UZS
-15.03
137.20 UZS
1.09
13557.96 UZS
14.43
22° Kechasi 13°

Braziliyada ommaviy tartibsizlik: xalqaro hamjamiyat hukumatni qo‘llamoqda

10:17 / 09.01.2023

Kecha, 8-yanvar kuni Braziliyaning sobiq prezidenti Jair Bolsonaro tarafdorlari polisiya bilan to‘qnashib, Braziliyadagi hukumat binolariga bostirib kirishdi. Ular parlament binosi, Federal Oliy sud va davlat rahbarining ishchi qarorgohini vayron qilgan.

Halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar haqida hozircha ma’lumotlar yo‘q.

Ko‘plab xalqaro siyosiy arboblar namoyishchilarning harakatlarini qoralab, Luiz Inasio Lula da Silva va uning hukumatini qo‘llab-quvvatlashlarini ma’lum qilgan.

Qayd etilishicha, Bolsonaro tarafdorlari oktyabrdagi prezidentlik saylovlari natijalariga qarshi chiqdi. Braziliya bayroqlari va sariq-yashil libos kiygan namoyishchilar parlament, Federal Oliy sud binolari va davlat rahbarining ishchi qarorgohi hisoblangan Planalto saroyining oynalarini sindirgan. Dam olish kunlarida bo‘sh turgan ma’muriy binolar qo‘riqchilari qoidabuzarlarga qarshi tura olmagan.

Braziliya poytaxti federal okrugidan kelgan harbiy polisiya vertolyoti namoyishchilarga qarata ko‘zdan yosh oqizuvchi gazli granatalarni uloqtirgan.

Tartibsizliklar boshlanganidan bir necha soat o‘tgach, Braziliyadagi polisiya bo‘linmalari namoyishchilarni o‘zlari egallab olgan hukumat binolaridan chiqarib yuborishga muvaffaq bo‘ldi. Dastlab 30 nafar namoyishchi hibsga olingani haqida xabar berilgan edi. Keyinroq Globo telekanali tartibsizliklarda qatnashgan 150 nafar mahbus haqidagi ma’lumotlarni e’lon qildi.

Braziliya rasmiylarining munosabati

Lula da Silva tarafdorlari bosh prokurordan Braziliyada federal xavfsizlik kuchlaridan foydalanishga ruxsat berishni so‘radi.

Braziliya prezidenti mamlakat poytaxtida yakshanba kungi tartibsizliklarda ishtirok etgan fuqarolarni aniqlash va ularni jazolashga va’da berdi. U tartibsizliklar munosabati bilan vazirlar ishtirokida favqulodda yig‘ilish o‘tkazgan.

Yanvar oyi oxirigacha Braziliyada favqulodda holat joriy qilingan

Braziliya bosh prokuraturasi hukumat manfaatlarini himoya qilib, poytaxt jamoat xavfsizligi boshqarmasi sobiq rahbari Anderson Torresni hibsga olishni talab qildi.

Braziliya bosh prokurori Augusto Aras poytaxt federal okrugi prokuraturasidan Braziliyadagi tartibsizliklar yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atishni so‘ragan.

Xalqaro hamjamiyatning munosabati

Yevropa Kengashi rahbari Sharl Mishel va Yevropa Ittifoqi tashqi siyosat bo‘yicha mas’ul Xosep Borrel Yevropa Ittifoqi Braziliyada namoyishchilarning parlament va hukumat binolarini egallab olishini qoralashi va mamlakatning qonuniy ravishda saylangan prezidenti Luiz Inasio Lula da Silvani to‘liq qo‘llab-quvvatlashini bildirgani..

Argentina prezidenti Alberto Fernandes xalqaro hamjamiyatni Braziliyadagi tartibsizliklarni qoralashga chaqirgan.

Britaniya tashqi ishlar vaziri Jeyms Kleverlining aytishicha, uning mamlakati Braziliyadagi hukumatga qarshi namoyishlar fonida Lula da Silvani to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi.

AQSH prezidenti Jo Bayden Braziliyadagi vaziyatni dahshatli, deb atadi. AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken esa namoyishlarni zudlik bilan to‘xtatishga chaqirdi.

Chili rahbari Gabriel Borich Braziliyaning sobiq prezidenti Jair Bolsonaro tarafdorlari uyushtirgan tartibsizliklarni qoralab, buni “demokratiyaga qarshi qo‘rqoqlarcha hujum” sifatida baholadi.

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro sobiq prezident Jair Bolsonaro tarafdorlarini neofashistlarga qiyosladi.

Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vaziri, Italiya bosh vazir o‘rinbosari Antonio Tajani Braziliyadagi prezidentlik saylovi natijalari hurmat qilinishi kerakligini aytdi.

Fransiya yetakchisi Emmanuel Makron poytaxtdagi tartibsizliklar munosabati bilan Lula da Silvani qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Meksika tashqi ishlar vaziri va Kuba prezidenti Migel Dias-Kanel ham tartibsizliklarni qoralagan.

Ekvador rahbari Gilyermo Lasso namoyishlarni demokratiyaga hurmatsizlik, deb atadi.

Kolumbiya prezidenti Gustavo Petro Braziliyadagi voqealar munosabati bilan Amerika Davlatlari Tashkilotining (OAS) shoshilinch yig‘ilishini o‘tkazishga chaqirdi va buni fashizmning demokratiyaga zarbasi sifatida baholadi. OAS bosh kotibi Luis Almagro Bolsonaro tarafdorlarining davlat muassasalariga hujumlarini “fashistik” ruh bilan yo‘g‘rilganini ta’kidladi.


O‘zbekiston


														
														Tanzila Narbayeva AQShning Yuta shtati delegatsiyasi bilan uchrashdi

Tanzila Narbayeva AQShning Yuta shtati delegatsiyasi bilan uchrashdi

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva 24-aprel kuni AQSHning Yuta shtati Senati raisi Styuart Adams boshchiligidagi del…
10:21 / 25.04.2024

														
														Poytaxtning ikki tumanida elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi

Poytaxtning ikki tumanida elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi

“Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli…
09:29 / 25.04.2024

														
														25-aprel kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

25-aprel kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.
02:19 / 25.04.2024

														
														Samarqandda erini tiriklayin yoqib yuborgan ayol 12 yilga qamaldi

Samarqandda erini tiriklayin yoqib yuborgan ayol 12 yilga qamaldi

Sud hujjatlarida ko‘rsatilishicha, ular tez-tez janjallashib turgan.
17:53 / 24.04.2024

														
														Buxoroda 5 ta onlayn kuzatuv kamerasi ishga tushirildi

Buxoroda 5 ta onlayn kuzatuv kamerasi ishga tushirildi

Bu kameralar yon-atrofni 360 darajada tasvirga oladi.
16:58 / 24.04.2024

														
														Qashqadaryoda 102 yoshli otaxonga tugʻilganlik haqida guvohnoma berildi

Qashqadaryoda 102 yoshli otaxonga tugʻilganlik haqida guvohnoma berildi

Xabarga koʻra, otaxonning oʻgʻillari FHDYO boʻlimiga murojaat qilgan.
12:49 / 24.04.2024

														
														Toshkentning ayrim hududlarida gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi

Toshkentning ayrim hududlarida gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi

Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF xabar berdi.
09:58 / 24.04.2024

														
														Bugun, 24-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Bugun, 24-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Respublika Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 24-aprel kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ing…
00:34 / 24.04.2024

														
														Tanzila Narbayeva Devid Kemeron bilan uchrashdi

Tanzila Narbayeva Devid Kemeron bilan uchrashdi

Senat Raisi Tanzila Narbayeva Buyuk Britaniya tashqi ishlar, hamdo‘stlik va taraqqiyot masalalari bo‘yicha davlat kotibi Dev…
21:05 / 23.04.2024

Bu ham qiziq

G‘azoda topilgan ommaviy qabrdagi jasadlar soni 283 nafarga yetdi

G‘azoda topilgan ommaviy qabrdagi jasadlar soni 283 nafarga yetdi

Avvalroq, G‘azo janubida falastinliklarning ommaviy qabri topilgani haqida xabar bergan edik.
10:30 / 23.04.2024
Qashqadaryoda 102 yoshli otaxonga tugʻilganlik haqida guvohnoma berildi

Qashqadaryoda 102 yoshli otaxonga tugʻilganlik haqida guvohnoma berildi

Xabarga koʻra, otaxonning oʻgʻillari FHDYO boʻlimiga murojaat qilgan.
12:49 / 24.04.2024
Toshkentning ayrim hududlarida gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi

Toshkentning ayrim hududlarida gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi

Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF xabar berdi.
09:58 / 24.04.2024
Tanzila Narbayeva Devid Kemeron bilan uchrashdi

Tanzila Narbayeva Devid Kemeron bilan uchrashdi

Senat Raisi Tanzila Narbayeva Buyuk Britaniya tashqi ishlar, hamdo‘stlik va taraqqiyot masalalari bo‘yicha davlat kotibi Dev…
21:05 / 23.04.2024
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi TOP 10 davlatlar ma’lum qilindi

O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi TOP 10 davlatlar ma’lum qilindi

Unda eng ertakchi Xitoy davlati bo‘lmoqda.
12:43 / 23.04.2024
Dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobil taqdim qilindi

Dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobil taqdim qilindi

Ulardan biri old tomonda, qolgan ikkitasi esa orqa tomonda joylashgan.
09:35 / 24.04.2024
Erdo‘g‘an: Netanyaxu – “zamonamizning Gitleri”

Erdo‘g‘an: Netanyaxu – “zamonamizning Gitleri”

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Isroilning G‘azo sektoridagi harakatlarini yana bir bor tanqid qildi. U Isroil bos…
10:55 / 24.04.2024
Buyuk Britaniya Ukrainaga eng yirik harbiy yordam paketini jo‘natadi

Buyuk Britaniya Ukrainaga eng yirik harbiy yordam paketini jo‘natadi

Rishi Sunak seshanba kuni Polshaga tashrifi doirasida Ukrainaga 500 million funt sterlinglik yangi harbiy yordam paketini ra…
12:40 / 23.04.2024
Uzun sochli ukrainalik ayol dunyo rekordini yangiladi

Uzun sochli ukrainalik ayol dunyo rekordini yangiladi

Uning sochlarining uzunligi 257 santimetrga yetgan.
09:04 / 25.04.2024
Xitoyda ertalabdan o‘zini baxtsiz his qilganlar ishga kelishi shart emas

Xitoyda ertalabdan o‘zini baxtsiz his qilganlar ishga kelishi shart emas

Rahbariyat bu ta’tilni rad eta olmaydi. Rad etish qonunbuzarlikdir.
09:15 / 25.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!