“Inter” yarim himoyachisi Marselo Brozovich “neradzurrilar” bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin turibdi.
Xorvatiyalik xavbek yanvar oyida milanliklar bilan shartnomasini 2025-yilgacha uzaytiradi va uning yillik maoshi 6 million yevro etib belgilanadi. Tomonlar shartnomaning so‘nggi shartlarini muhokama qilishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 29 yoshli xorvat 2015-yilda Zagrebning “Dinamo” klubidan A Seriyaga o‘tgan edi. Joriy mavsumda Marselo A Seriyaning 19 o‘yinida maydonga tushdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!