Ispaniyada gandbol boʻyicha ayollar oʻrtasida jahon chempionati boshlandi. Bugun unda ishtirok etayotgan jamoamiz guruh bosqichidagi dastlabki tur uchrashuvini oʻtkazadi. Bu haqda MOQ xabar bermoqda.
“S” guruhidan oʻrin olgan qizlarimizning ilk raqibi Shvetsiya terma jamoasi boʻladi.
Qayd etilishicha, ushbu jamoa Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlarining yarimfinalchisi hisoblanadi. Boʻlajak bellashuv Toshkent vaqti bilan 22:30 da start oladi.
Eslatib oʻtish mumkin, guruhimizdan amaldagi jahon chempioni Niderlandiya va Puerto-Riko jamoalari ham oʻrin olgan. Boʻlajak bahslarda qizlarimizga omad tilab qolamiz.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!