Bugun, 18-mart kuni kunduzi Oʻzbekistonning markaziy va janubiy viloyatlarida oʻrta miqdorda yogʻingarchilik boʻlishi kutilmoqda. Bu haqda “Oʻzgidromet” xabar bergan.
“Bugun kunduz kuni Oʻzbekiston boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida va kunning ikkinchi yarmida Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax viloyatlarida baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin”, – deyiladi xabarda.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 20-25 daraja iliq boʻladi.
Toshkent shahrida ham yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 21-23 daraja iliq boʻladi.
Togʻoldi va togʻli hududlarida vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Respublikaning baland togʻlarida (2000 m dan yuqorida) qor koʻchishi xavfi bor.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!