Bugun, 19-noyabr kuni Yer aholisi Oyning qisman tutilishiga guvoh boʻladi. Oy tutilishi salkam 3,5 soat davom etadi. Ushbu hodisa XV asrdan beri kuzatilgan eng davomli oy tutilishi boʻlishi kutilmoqda.
Hodisani Okeaniya, Shimoliy va Janubiy Amerika, Sharqiy Osiyo, Shimoliy Yevropa va Indoneziya hududidan turib kuzatish mumkin.
Mutaxassislarning aytishlaricha, ushbu hodisani tom maʼnoda Oyning “toʻliq tutilishi” desa ham boʻladi, boisi Oyning kattagina qismiga Yerning soyasi tushadi va sayyora yoʻldoshi qizgʻish tusga kiradi.
Oy tutilishi hodisasi Toshkent vaqti bilan 12:20 dan 15:48 gacha davom etadi.
Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Astronomiya instituti ilmiy xodimi Yusufjon Tillayevning Xabardor.uzʼga maʼlum qilishicha, Oy tutilishi Oʻzbekiston aholisiga sezilmaydi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!