$
11895.57 UZS
-45.38
152.98 UZS
0.3
13826.22 UZS
11.73
31° Kechasi 18°

“Bugungi Jizzax – kechagi Jizzax emas” – Prezident

12:47 / 02.12.2025

Bugun, 2-dekabr Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi.

Davlat rahbari dastlab zamonaviy va qulay yo‘l infratuzilmasini barpo etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Viloyat markazini M-39 xalqaro avtomobil yo‘liga bog‘lash maqsadida qariyb 290 milliard so‘m hisobidan 700 metrlik yo‘l o‘tkazgich va 4 kilometrlik yangi avtomobil yo‘li qurildi.

Yangi yo‘l har kuni 14 mingdan ortiq transport vositasini o‘tkazish imkoniyatiga ega.

Shu paytgacha mazkur yo‘nalishdan aholi shaharga kirish-chiqish uchun 25 kilometrlik aylanma yo‘ldan foydalanishga majbur edi. Yangi inshoot tufayli bu masofa 4 kilometrgacha qisqardi, eski yo‘ldagi tirbandliklar bartaraf etildi. Bu nafaqat haydovchilar, balki tadbirkorlar, logistika va xizmat ko‘rsatish sohasi uchun ham muhim ahamiyatga ega.

Metall konstruksiyalardan zamonaviy texnologiya asosida barpo etilgan o‘tkazgichning xizmat muddati 100-yil, deb baholanmoqda. An’anaviy temir-beton o‘tkazgichlar odatda 50-yil xizmat qiladi. Demak, xizmat muddati ikki barobarga uzaydi.

Loyihaning yana bir muhim jihati – ilgari yo‘lovchi va yuk poyezdlar o‘tgan paytda avtomobillar temir yo‘l kesishmasida to‘xtab qolishga majbur edi, endilikda esa yo‘l o‘tkazgich qurilgani tufayli tez tibbiy yordam, o‘t o‘chirish va boshqa maxsus xizmatlarning harakati ancha yengillashadi.

Shu yerning o‘zida davlat rahbariga atom energetikasi loyihalarining borishi to‘g‘risida axborot berildi.

Ayni paytda Jizzax viloyatida integratsiyalashgan – ikkita kam quvvatli reaktor va ikkita katta reaktordan iborat atom elektr stansiyasini barpo etish boshlangan.    

Hozirgi bosqichda reaktor binosi uchun kotlovan qazish ishlari faol pallaga kirgan. Qurilish-montaj bazasi uchun yer tekislash, betonlash, armatura o‘rnatish ishlari bajarilmoqda. Quruvchilar yashashi uchun vaqtinchalik turar-joy majmuasi barpo etilgan.

Atom elektr stansiyasi uchun zarur qurilish materiallarini mahalliylashtirish, oliygohlarda soha uchun kadrlar tayyorlashni kengaytirish rejalari taqdimot qilindi.

Bo‘lajak elektr stansiyada mehnat qiladigan mutaxassislar va ularning oilalari uchun monoshaharcha qurish loyihasi haqida ma’lumot berildi. Shaharcha AESdan 16 kilometr uzoqlikda joylashgan, 10 ming kishiga mo‘ljallangan bo‘ladi, unda barcha zarur infratuzilma, ijtimoiy va xizmat ko‘rsatish obyektlari ko‘zda tutiladi.

Prezident Jizzax shahriga kirish qismini zamonaviy qiyofaga keltirish bo‘yicha master-reja va renovatsiya loyihalari taqdimoti bilan ham tanishdi.

Renovatsiya dasturi asosida Jizzaxda eski uy-joylar o‘rnida zamonaviy, qulay va xavfsiz turar-joylar barpo etilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, IT-markaz binosini barpo etish, hunarmandchilik markazini tashkil etish, ayrim mavjud majmualarni rekonstruksiya qilish hamda gavjum ko‘chalarni tartibga keltirish kabi loyihalar bilan tanishildi.

“Jizzaxga kelishimizdan maqsad – viloyatni yangi o‘sish nuqtalarini aniqlash va ro‘yobga chiqarish. Bugungi Jizzax – kechagi Jizzax emas. Viloyatni salohiyati, imkoniyati karrasiga oshdi, odamlarning hayotga, ishga munosabati tubdan o‘zgardi. Shu imkoniyatlarni aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladigan aniq loyihalarga aylantirishimiz kerak”, – dedi Prezident.

Taqdimotlar davomida muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.


O‘zbekiston


														
														“Bugungi Jizzax – kechagi Jizzax emas” – Prezident

“Bugungi Jizzax – kechagi Jizzax emas” – Prezident

Shavkat Mirziyoyev Jizzaxga tashrifini viloyat markazini M-39 xalqaro avtomobil yo‘li bilan bog‘lagan yo‘l o‘tkazgich hamda …
12:47 / 02.12.2025

														
														O‘zbekiston Osiyo madaniy merosi alyansi Kengashiga qabul qilinib, “Chinortepa” uchun 140 ming dollarlik grant ajratildi

O‘zbekiston Osiyo madaniy merosi alyansi Kengashiga qabul qilinib, “Chinortepa” uchun 140 ming dollarlik grant ajratildi

27-noyabr kuni Xitoyning Chunsin shahri Osiyo madaniy merosi bo‘yicha mintaqaviy hamkorlik uchun muhim maydonga aylandi.
12:00 / 02.12.2025

														
														O‘zbekistonda binolarni yonuvchan materiallar bilan qoplash taqiqlanadi

O‘zbekistonda binolarni yonuvchan materiallar bilan qoplash taqiqlanadi

Davlat rahbari O‘zbekistondagi 44 mingdan ortiq ko‘p qavatli binolarda yong‘in xavfsizligi holatini to‘liq o‘rganish, favqul…
11:36 / 02.12.2025

														
														O‘zbekistonda xorijiy OTMlar soni 30 taga yetdi

O‘zbekistonda xorijiy OTMlar soni 30 taga yetdi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yili boshida O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayot…
10:28 / 02.12.2025

														
														Havoni ifloslantirayotgan qator issiqxonalar va qurilish obyektlari faoliyati to‘xtatildi

Havoni ifloslantirayotgan qator issiqxonalar va qurilish obyektlari faoliyati to‘xtatildi

Maxsus komissiya vakili Ikrom Tagayev 24–29-noyabr kunlari o‘tkazilgan reyd natijalari haqida ma’lumot berdi.
17:59 / 01.12.2025

														
														Eksportni koʻpaytirish va tadbirkorlar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilindi

Eksportni koʻpaytirish va tadbirkorlar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 1-dekabr kuni eksport salohiyatini oshirish va tadbirkorlarning davlat xizmatlaridan foydalanis…
17:23 / 01.12.2025

														
														2-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

2-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

2-dekabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi…
15:08 / 01.12.2025

														
														O‘zbekistonda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

O‘zbekistonda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

O‘zbekistonda haftaning ikkinchi yarmida nam va nisbatan sovuq havo kirib kelishi kutilmoqda.
14:25 / 01.12.2025

														
														O‘zbekiston ko‘proq qaysi davlatlardan mahsulot sotib olmoqda?

O‘zbekiston ko‘proq qaysi davlatlardan mahsulot sotib olmoqda?

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekistonning importi hajmi 37,5 mlrd A…
12:55 / 01.12.2025

Bu ham qiziq

Farg‘onada erkak xotini va ikki farzandining qotiliga aylandi

Farg‘onada erkak xotini va ikki farzandining qotiliga aylandi

Farg‘ona viloyatida erkak xotini va ikki yosh bolasini o‘ldirdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov…
16:30 / 30.11.2025
O‘zbekistonda “Iste’molchi murojaati” elektron tizimi ishga tushirildi

O‘zbekistonda “Iste’molchi murojaati” elektron tizimi ishga tushirildi

O‘zbekistonda 1-dekabrdan “Iste’molchi murojaati” elektron tizimi joriy etildi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi axborot xizmati x…
12:18 / 01.12.2025
1-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

1-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

1-dekabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi…
14:51 / 30.11.2025
Samarqandda kelishmovchilik ortidan 3 ta yuk mashinasi yoqib yuborildi

Samarqandda kelishmovchilik ortidan 3 ta yuk mashinasi yoqib yuborildi

Bu haqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.
15:31 / 30.11.2025
Tramp Maduroga Venesuelani tark etishi uchun bir hafta muhlat bergan – manba

Tramp Maduroga Venesuelani tark etishi uchun bir hafta muhlat bergan – manba

“Venesuela prezidenti Nikolas Maduro noyabr oyining oxirida AQSh prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali suhbatlashgani…
09:49 / 02.12.2025
Singapurda narkojinoyatlarda ayblangan uch kishi qatl etildi

Singapurda narkojinoyatlarda ayblangan uch kishi qatl etildi

BBC nashrning xabar berishicha, o‘tgan hafta Singapur narkotiklar bilan bog‘liq jinoyatlar uchun uch kishini qatl qilgan va …
08:44 / 02.12.2025
Havoni ifloslantirayotgan qator issiqxonalar va qurilish obyektlari faoliyati to‘xtatildi

Havoni ifloslantirayotgan qator issiqxonalar va qurilish obyektlari faoliyati to‘xtatildi

Maxsus komissiya vakili Ikrom Tagayev 24–29-noyabr kunlari o‘tkazilgan reyd natijalari haqida ma’lumot berdi.
17:59 / 01.12.2025
O‘zbekiston ko‘proq qaysi davlatlardan mahsulot sotib olmoqda?

O‘zbekiston ko‘proq qaysi davlatlardan mahsulot sotib olmoqda?

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekistonning importi hajmi 37,5 mlrd A…
12:55 / 01.12.2025
Indoneziyadagi suv toshqinlarida qurbonlar soni 500 nafardan oshdi

Indoneziyadagi suv toshqinlarida qurbonlar soni 500 nafardan oshdi

Indoneziyaning Sumatra orolidagi halokatli suv toshqinlari va ko‘chkilar qurbonlari soni 502 kishiga yetdi.
15:37 / 01.12.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!