Leo Messi Liga 1 doirasidagi 12 ta oʻyinda 1 ta gol urgan xolos.
Fransiya chempionatining 22-turidan oʻrin olgan uchrashuvda PSJ oʻz maydonida “Reyms”ni magʻlub etdi (4:0).
Parijliklar hujumchisi Lionel Messi 63-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi, ammo gol ura olmadi.
Shu tariqa, Liga 1ʼning joriy mavsumida argentinalik futbolchi 12 ta oʻyin oʻtkazib, oʻz hisobiga atigi bitta gol (“Nant” darvozasiga) yozdirib qoʻymoqda.
Qayd etish mumkin, bunday holat Messining butun faoliyatida ilk marotaba kuzatilmoqda.
Shuningdek, argentinalik hujumchining Fransiya chempionatidagi golsiz seriyasi endi ketma-ket olti oʻyinni tashkil etmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!