Mirjahon Mirahmadov “Bunyodkor”ni tark etib, “Paxtakor” bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda “Sherlar” matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Mirahmadov erkin agent sifatida amaldagi mamlakat chempioni bilan ikki yillik shartnomaga imzo chekkan. Hozirga qadar u Superligada “Bunyodkor” va “Obod” jamoalari safida maydonga tushib, 79 bellashuvda 20 ta golga mualliflik qilgan.
Shuningdek, keltirilishicha, derbilarda Mirjahon “Paxtakor” darvozasini 4 bora ishgʻol qilishga muvaffaq boʻlgan.
Aytib oʻtish joiz, Mirjahon mazkur transfer oynasida “Bunyodkor”ni tark etgan toʻrtinchi yetakchi futbolchi boʻldi. Bungacha Toshkent klubidan Nurillo Toʻxtasinov “Navbahor”, Xurshid Gʻiyosov AGMK, Lutfulla Toʻrayev esa “Neftchi” jamoasiga yoʻl olgan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!