Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask Twitter ijtimoiy tarmog‘i faoliyati haqida yangi ma’lumot olganidan so‘ng, kompaniya xaridlari miqdorini qayta ko‘rib chiqishi mumkin. Bu haqda manbalarga tayanib “Business Insider” xabar bermoqda.
Nashrning yozishicha, Maskning advokatlari iyun oyi o‘rtalarida Twitter’dan qo‘shimcha foydalanuvchi ma’lumotlarini so‘rashgan. Bunga javoban kompaniya bu safar real vaqtda API (dasturlarni dasturlash interfeysi) maʼlumotlarini oʻz ichiga olgan qoʻshimcha maʼlumot taqdim etgan.
“Insayderlar yangi ma’lumotlarni Maskning yaqin orada kelishuv narxini qayta ko‘rib chiqmoqchi bo‘lishi mumkinligining belgisi sifatida ko‘rmoqda va Twitter qiymati yangi ma’lumotlar bilan o‘zgarganini ta’kidlamoqda”, deydi Business Insider.
Qayd etilishicha, Twitter direktorlar kengashi kompaniya aksiyadorlariga uning Mask tomonidan sotib olinishini ma’qullashni bir ovozdan tavsiya qilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!