Respublikada turizmni rivojlantirish va turistik firmalarning talabiga asosan, “Buxoro – Xiva – Buxoro” yo‘lovchi poyezdi harakati 2022-yil 5-oktyabr sanasidan tiklanadi. Poyezd 5-oktabrdan 13-noyabrgacha haftaning chorshanba, juma va yakshanba kunlaridan boshlab Buxorodan, 6-oktabrdan 14-noyabrgacha haftaning payshanba, shanba va dushanba kunlaridan boshlab Xivadan jo‘naydi.
Harakat jadvali:
“Buxoro 12:10 — Xiva 19:29”
“Xiva 07:52 — Buxoro 15:16”
Qo‘shimcha ma’lumotlarni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin. Eslatib o‘tamiz, chiptalarni nafaqat temir yo‘l kassalaridan balki elektron tarzda ham xarid qilishingiz mumkin.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!