Bosh prokuratura huzuridagi Departament, DXX hamda IIBning Buxoro viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.
Qayd etilishicha, Buxoro shahrida yashovchi fuqaro U.E. boshqa bir fuqaro D.ning ishonchiga kirib, o‘zi va singlisini tanishlari yordamida Janubiy Koreya davlatiga ishga yuborish masalasini 9,6 ming AQSH dollariga kelishib, shundan 600 AQSH dollari va 1 mln. so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!