Checheniston prezidenti Ramzan Qodirov rossiyalik Artur Beterbiyevni o‘z vazn toifasida jahonning eng yaxshi bokschi deb atadi.
Qodirovning fikricha, yaqin kelajakda dog‘istonlik bokschi o‘rta og‘ir vazn toifasidagi barcha chempionlik kamarlarini qo‘lga kiritadi.
“Biz Arturning muvaffaqiyatiga ishonamiz. U sayoramizning eng yaxshi bokschisi va buni isbotlashda davom etadi. Beterbiyev oldiga nafaqat chempionlik kamarini himoya qilish, balki o‘z vazn toifasidagi barcha yo‘nalishlarda mutlaq chempion bo‘lish vazifasini qo‘ygan.
U bu vazifani uddalashga qodir.”Axmat" - kuch! Artur chempion” – deb fikr yozib qoldirgan Qodirov Instagramdagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, 18-dekabr tongida rossiyalik bokschi Kanadaning Monreal shahrida AQSH vakili Markus Braunni muddatidan oldin mag‘lub etdi. 36 yoshli sportchi hozirgacha professional boksda 17 jang o‘tkazib, 17 g‘alabaga erishgan. Ushbu g‘alabalarning barchasi nokaut bilan qo‘lga kiritilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!