Ijtimoiy tarmoqlarda ikki nafar ayolning profilaktika inspektorlari bilan janjallashayotgani aks etgan videolavha tarqaldi.
Videoda ayol IIBga olib kelingani, u IIO xodimi bilan janjallashib, uni haqoratlaganini hamda xonadagi jihozlarni uloqtirib, hujjatlarini yirtib tashlaganini ko‘rish mumkin.
Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmatining xabar berishicha, hodisa Chilonzor tumanida sodir bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan va tekshiruv yakuni bo‘yicha to‘plangan hujjatlar fuqarolar Sh.X., N.S. va profilaktika inspektorlari I.M., Sh.P. larning harakatlariga qonuniy baho berish uchun Chilonzor tumani prokuraturasiga yuborilgan. Barcha ishtirokchilarning harakatlariga huquqiy baho beriladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!