Qozogʻiston avtomobil biznesi assotsiatsiyasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilda mamlakatda jami 123 778 dona yangi yengil va tijoriy avtomobillar xarid qilingan boʻlib, eng talabgir avtomobil brendlari reytingida “Chevrolet” yetakchilik qilgan.
Maʼlum qilinishicha, Qozogʻiston avtomobil bozorida “Chevrolet” 34 289 dona (27.7 %) sotuvdagi ulushi bilan yetakchiligini mustahkamlagan.
“Hyundai” 28 864 (+27 %) sotuv bilan ikkinchi pogʻonani egallagan boʻlsa, “Kia” 14 421 (11.65 %) dona avtomashina sotib reytingda uchinchi boʻldi.
Qozogʻistonliklar tomonidan eng koʻp xarid qilingan avtomobil modellari orasida “Cobalt” 23 178 dona sotuvi bilan birinchilikni saqlagan holda, eng talabgir model boʻlib 2022 yilni yakunlagan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!