Finlandiya hukumati bergan maʼlumotlarga koʻra, dam olish kunlari 17 mingga yaqin rossiyalik fuqaro Finlandiya chegarasini kesib oʻtgan. Bu oʻtgan haftaga nisbatan 80 foizga koʻp.
Chegara qoʻriqchisi kapitan Taneli Reponing maʼlum qilishicha, dushanba kuni odamlar oqimi pasaygan, lekin koʻrsatkichlar avvalgi haftalarga nisbatan yuqoriligicha qolmoqda.
Finlandiya hukumati juma kuni rossiyaliklarning turistik vizalar bilan mamlakat hududiga kirishi taʼqiqlanishi haqida maʼlum qilgandi. Ushbu cheklov Finlandiya tomonidan ilgari taqdim etilgan Shengen vizalari orqali sayohatni amalga oshirmoqchi boʻlganlar uchun ham amal qiladi.
Xuddi shunday qarorlar Polsha, Estoniya, Litva va Liviyada ham tasdiqlangan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!