UFC prezidenti Dana Uayt UFCʼning sobiq chempioni, rossiyalik Xabib Nurmagomedov haqida oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
“Baʼzilar menga Xabibni qaytarish uchun yana bir urinib koʻrishimni aytishadi. Ammo u faoliyatini yakunladi. Men u boshqa jang qiladi deb oʻylamayman. U oʻz yoʻlidan tanladi va jang qilishni xohlamaydi.
U otasini yoʻqotdi, bu ogʻriqli yoʻqotish edi. Otasi uning harakatlantiruvchi kuchi edi. Unga “kel bunaqa qilaylik, kel mana bunday qilaylik”,- deya oldinga boshlar edi. Endi esa bunday emas, shuning uchun u boshqa jang oʻtkazadi deb oʻylamayman”, — degan Dana Uayt.
Eslatib oʻtish mumkin, 2020-yil oktyabr oyida 32 yoshli Nurmagomedov UFC 254 turnirida Jastin Getjini ikkinchi raundda magʻlub etgan edi.
Jangdan soʻng rossiyalik sportchi boshqa jang oʻtkazmasligini eʼlon qilgan edi. Nurmagomedov MMA da 29 ta, xususan UFC 13 ta jang oʻtkazib, ularning barchasida gʻalabaga erishgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!