Oliy Majlis Qonunchilik palatasining bugungi majlisida deputatlar “O‘zbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ko‘rib chiqishdi.
Taʼkidlanganidek, qonun loyihasi bilan daraxt va butalarni, boshqa o‘simliklarni va nihollarni qonunga xilof ravishda kesganlik, kundakov qilganlik, shikastlantirganlik, yo‘q qilganlik yoki boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish belgilanmoqda.
Shuningdek, qonun loyihasida daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarini kesish, kundakov qilish, shikastlantirish yoki yo‘q qilinishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yoki olib kelgan qurilish loyiha hujjatlarini tayyorlaganlik uchun javobgarlik nazarda tutilmoqda.
Deputatlarning taʼkidlashicha, qonun loyihasining qabul qilinishi o‘simlik dunyosining yana-da ishonchli muhofaza qilinishiga, yashil hududlarning kengayishiga, daraxtlarni noqonuniy kesish kabi holatlarning oldini olishga xizmat qiladi.
Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!