Qanot himoyachisi Usmon Dembele “Barselona” bilan yangi shartnoma imzolamaslikka qaror qildi, deya xabar beradi jurnalist Jerar Romero.
24 yoshli fransiyalik futbolchi klubga taklif qilingan shartlar boʻyicha shartnomani uzaytirmoqchi emasligini va yozda erkin agent sifatida ketish niyatida ekanligini aytgan.
Dembele oʻzini jahon miqyosidagi futbolchi deb biladi va maosh bu maqomga mos kelishini kutadi. U besh yil davomida soliqlarsiz 200 million yevro maosh, shuningdek, shartnoma imzolangandan soʻng oʻziga va agentiga 20 million yevro miqdorida bir martalik toʻlovlarni talab qilgan.
Oʻz navbatida, “Barselona” yarimhimoyachining shartlarini qabul qilishdan bosh tortdi va boshqa klublar bunga rozi boʻlishiga shubha qilmoqda.
Maʼlumot uchun, Dembele joriy mavsum La Ligada 6 ta oʻyinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!