Boʻstonliqda “Amirsoy Polo Cup-2022” musobaqasi boʻlib oʻtadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentning tegishli qarorida belgilab berilgan vazifalarning ijrosi doirasida Oʻzbekiston polo federatsiyasi tomonidan 2022-yil 9-yanvar kuni Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida “Amirsoy Polo Cup-2022” musobaqasi tashkil etiladi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, musobaqa Oʻzbekistonda ushbu sport turini keng ommalashtirish va yurtimizda ot polosini rivojlantirish maqsadida oʻtkazilmoqda.
Keltirilishicha, 2018-yildan Qashqadaryo va Fargʻona viloyatlarida polo oʻynash uchun qulay boʻlgan polo-poni va qorabayir otlarini koʻpaytirishga bagʻishlangan yangi zamonaviy majmualar ochish boshlangan. 2020-yilga kelib esa Oʻzbekistonda polo federatsiyasi ochilgan.
Eslatib oʻtish mumkin, ot polosi boʻyicha musobaqa 2021-yil yanvar oyida ham “Amirsoy Resort” togʻ majmuasida oʻtkazilgan edi.
Musobaqa dengiz sathidan 1 820 metr balandlikda boʻlib oʻtdi va Oʻzbekistonning baland togʻli hududida oʻtkazilgan qor polosi boʻyicha jahon tarixidagi ilk musobaqaga aylangan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!