Eng yengil vazn toifasida UFC chempioni Deyveson Figeredo UFC 270 turnirida Brendon Morenoni magʻlub etganidan keyin oʻz taassurotlari bilan oʻrtoqlashdi.
“Imkoniyat uchun Xudoga shukur. Bugun mening kunim. Brandon Morenoga rahmat, biz birgalikda oqshomning yaxshi jangini oʻtkazishga muvaffaq boʻldik.
Men 4 oydan beri oilam bilan boʻlganim yoʻq, lekin shunday boʻlsa-da Meksikada Moreno bilan toʻrtinchi jangimga tayyorman.
Murabbiyim Erikka rahmat, shuningdek Genri Sexudoga rahmat. Men sizlarni yaxshi koʻraman. Barcha murabbiylarimga oʻz minnatdorchiligimni izhor etaman”, — dedi Figeredo.
Eslatib oʻtish mumkin, ikki sportchi oʻrtasidagi trilogiyada dastlab durang qayd etilgan boʻlsa, ikkinchi jangda Moreno boʻgʻish uslubi bilan raqibini yenggan. Bu safargi, uchinchi jangda esa Figueredo ochkolar hisobiga gʻolib boʻlib, chempionlik kamarini qaytarib oldi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!