Kiprda “delta” va “omikron” shtammlari gibrididan iborat koronavirusning yangi varianti aniqlandi.
Shtamm Kipr universitetining biotexnologiya va molekulyar virusologiya laboratoriyasida ishlaydigan bir guruh mahalliy olimlar tomonidan topilgan.
Laboratoriya boshlig‘ining so‘zlariga ko‘ra, yangi virus “delta” shtammi kabi genetik asosga ega, biroq ayni paytda uning bir qator mutatsiyalari “omikron” shtammi bilan bir xil.
Qo‘shimcha qilinishicha, “deltakron” varianti oroldan olingan 25 ta namunada topilgan, ulardan 11 tasi COVID-19 belgilari bilan shifoxonaga yotqizilgan odamlardan, qolgan 14 tasi oddiy aholidan aniqlangan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!