Disney obunachilar soni bo‘yicha o‘zining asosiy raqobatchisi Netflixni ortda qoldirib, strimingli translyatsiya bo‘yicha yetakchiga aylandi. O‘zining choraklik daromadlari to‘g‘risidagi hisoboti oldidan “The Walt Disney Company” Disney+ strimingi servisiga 14,4 million obunachi qo‘shilgani va butun dunyo bo‘ylab xizmatdan foydalanuvchilarning umumiy soni 152 milliondan oshganini e’lon qildi.
Agar Disneyning qolgan striming xizmatlarini, jumladan Hulu va Starni ham hisobga oladigan bo‘lsak, kompaniya obunachilar soni bo'yicha Netflix-dan o'zib ketdi. Endi Disneyning barcha platformalarida 221 milliondan ortiq obunachi bor. Netflix’ning so‘nggi choraklik hisobotida kompaniya 220,7 global obunachi haqida xabar berdi.
Ushbu yangi ma’lumotlar Disneyning global oqim bozoriga qanchalik ta'sir o'tkaza olganidan dalolat beradi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!