Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hisobotiga ko‘ra, joriy yil 23-yanvardan 19-fevralgacha dunyoda 5,28 million nafardan ziyod kishiga koronavirus tashxisi qo‘yilib, ulardan qariyb 48,7 ming nafari hayotdan ko‘z yumgan.
Tahlillar so‘nggi to‘rt hafta ichida Yer yuzida SOVID-19'ga chalinish holatlari avvalgi 28 kunga nisbatan 89 foiz, o‘lim ko‘rsatkichlari esa 62 foizga kamayganini tasdiqlaydi.
Bu davrda eng ko‘p bemorlar ro‘yxatga olingan mamlakatlar:
AQSH – 1,1 million;
Yaponiya – 1 million;
Xitoy – 635 ming;
Janubiy Koreya – 430 ming;
Germaniya – 329 ming nafar.
Eng ko‘p o‘lim holatlari qayd etilgan davlatlar:
AQSH – 13517;
Xitoy – 9945;
Yaponiya – 6536;
Avstraliya – 2179;
Buyuk Britaniya – 2063 nafar.
JSST mutaxassislarining ta’kidlashicha, kelgusida SOVID-19 pandemiyasining yangi to‘lqini avj olmasligi uchun dunyo aholisi, ayniqsa, xavf guruhiga mansub qatlam to‘liq bosqichda va buster dozada emlanishlari zarur.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!