Dunyodagi eng keksa erkak Saturnino de la Fuente Garsiya vafot etdi. U 112 yilu 341 kun hayot kechirgan. Bu haqida “Ginness rekordlari” kitobining rasmiy saytida xabar berildi.
Saturino 2021-yilning sentyabr oyida rasman rekord oʻrnatgan va ayni vaqtda hayot kechirayotgan dunyodagi eng keksa erkak deb tan olingan. Rekord haqidagi sertifikatni rasmiylashtirish vaqtida u 112 yoshu 211 kunlik edi.
Saturino de la Fuente Garsiya 1909-yilning 11-fevral kuni Ispaniyaning Leon shahrida, Ponte-Kastro hududida dunyoga kelgan. Erkakning boʻyi past boʻlgani uchun mahalliy odamlar uni “El Pepino” deb chaqirishgan. Boʻyi 150 santimetrga teng boʻlgan erkakni aynan mana shu sabab tufayli Ispaniyadagi fuqarolar urushi vaqtida xizmatga chaqirishmagan. Saturino kosibchilik ustaxonasini ochib, askarlar uchun etiklar tayyorlay boshlagan.
Rekordchi 1933-yilda oila qurgan va rafiqasi bilan uzoq yillar davomida baxtli hayot kechirgan. Juftlik 7 nafar qiz farzandli boʻlganlar. Saturino 14 nafar nabira va 22 nafar chevaraning bobosiga aylangan. Boʻsh vaqtida futbol oʻynagan va Ispaniya jamoalariga muxlislik qilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!