Toshkent viloyati Zangiota tumani hokimligi xodimi 2 nafar fuqaroni Qirg‘izistondagi oliy o‘quv yurtida o‘qishlari haqida soxta hujjatlar tayyorlab, so‘ngra ularning o‘qishlarini Toshkent shahridagi oliygohlardan birining 2-bosqichiga ko‘chirib berish evaziga 18 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlangan.
Shuningdek, xorijiy davlatlardagi OTMlarga o‘qishga kirishga ko‘maklashish bilan shug‘ullanuvchi, Toshkent shahridagi MCHJ rahbari Qozog‘iston Respublikasi fuqarosi bilan kelishgan holda 2 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularning Qozog‘iston Respublikasidagi oliygohlardan birining 1-bosqichini tamomlaganliklari haqidagi hujjatni tayyorlab berish evaziga har biridan 15 mln. so‘mdan pul mablag‘i talab qilgan.
Natijada, u MCHJ hisob raqamiga umumiy 9 mln. so‘m, Qozog‘iston fuqarosi nomiga 1900 AQSH dollari o‘tkazilgani to‘g‘risida 4 dona kvitansiyalarni qabul qilib olgan vaqtida, DXXning Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi va IJQK departamentining shahar boshqarmasi xodimlari tomonidan ushlandi.
Shuningdek, DXX xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan yana bir tezkor tadbirda poytaxtimizdagi nufuzli oliygohlardan birining 3-bosqich talabasi 2 nafar fuqarodan 2 ming AQSH dollari olgan vaqtda ushlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, u Qozog‘iston Respublikasidagi oliygohlardan birining 2-bosqichini tamomlaganligi haqida soxta hujjat olib berib, mazkur hujjat orqali Toshkent shahridagi xususiy universitetning 2-bosqichiga o‘qishga kiritib qo‘yishini va’da qilgan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!