Joriy yilning 1-noyabr soat 23:00 dan 3-noyabr soat 22:00 ga qadar elektr energiyasi uchun onlayn to‘lovlarni amalga oshirish va shaxsiy hisob raqamdagi mavjud ma’lumotlarni olishda texnik uzilishlar kuzatiladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, ushbu davr mobaynida aksiyadorlik jamiyati ma’lumotlarni qayta ishlash markazida profilaktika ishlari olib boriladi.
Shuningdek, iste’molchilar elektr energiyasi bo‘yicha ma’lumotlarni ham vaqtincha ko‘rolmaydi. Biroq, ko‘rsatilgan ushbu muddat ichida qarzga kirgan iste’molchilar tarmoqdan uzilmaydi.
Shuningdek, ikki kun davomida mobil ilovalardan tashqari, bank kassalari orqali ham to‘lovni amalga oshirishning iloji bo‘lmasligi mumkin.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!