Amerikalik komediyalar aktrisasi Betti Uayt 99 yoshda vafot etdi. Uning 100 yoshni qoralashiga atigi bir necha hafta vaqt qolgan edi.
Maʼlumotlarga koʻra, aktrisa hech qanday ogʻir va surunkali kasalliklardan aziyat chekmagan. Koronavirus pandemiyasi boshlanganidan keyin uyidan tashqariga deyarli chiqmay qoʻygan. Shifokorlar ijodkorning keksalik tufayli vafot etganini tasdiqlashgan.
Emmi Uayt televideniyeda eng uzoq vaqt davomida faoliyat olib borgan aktrisa edi. U oxirgi 80 yil ichida bir nechta shoularda suratga tushgan, 115 dan ortiq rol ijro etgan. 1985-1992-yillarda suratga olingan “Oltin qizlar” seriali unga olamshumul mashhurlik olib kelgan.
Aktrisa 6 marta “Emmi” mukofotini qoʻlga kiritgan, 2021-yilda “American Comedy Awards“ va “Gremmi” mukofotlariga munosib deb topilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!