Saudiya Arabistoni Podshohligiga safar qilayotgan ziyoratchilar uchun PZR test ma’lumotini taqdim etish tartibi bekor qilindi. Bu haqida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Podshohlikning Aviatsiya Boshqarmasi “GACA” ziyoratga keluvchi yo‘lovchilar uchun “COVID-19” bilan bog‘liq ba’zi cheklovlarga o‘zgartirish kiritdi.
Endilikda, koronavirus mavjud emasligi haqidagi manfiy natijaga ega bo‘lgan QR-kodli PZR test ma’lumotini SAPga kirishda taqdim etish tartibi bekor qilindi.
Ma’lumot o‘rnida, Umra dasturida safar qiluvchi ziyoratchilar koronavirusga qarshi quyidagi vaksinalardan biri bilan emlangan bo‘lishi talab etiladi:
- Pfizer/BioNTech;
- Oxford-AstraZeneca;
- Moderna;
- Johnson & Johnson;
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!