Eron Islom Respublikasining Belarusdagi elchisi Said Yari Tehron Belarusning Shanxay hamkorlik tashkilotiga qoʻshilishini qoʻllab-quvvatlashini ma’lum qildi.
“ShHT mintaqamizdagi juda muhim iqtisodiy, siyosiy va xavfsizlik o‘yinchisidir. Biz Belarusning ushbu tashkilotga a’zo bo‘lish tartibini boshlaganini bilamiz va biz, albatta, buni qo‘llab-quvvatlaymiz. Biz do‘st davlatlarmiz va Yevropa va Amerikaga qarshi turish uchun bu imkoniyatlardan foydalanishimiz kerak”, - dedi eron rasmiysi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Hindiston, Eron, Xitoy, Pokiston va Rossiya kabi davlatlar barcha sohalarda G‘arb bilan jamoaviy qarshilik ko‘rsatishi mumkin.
Diplomatning aytishicha, Tehron va Minsk o‘rtasidagi munosabatlar bugungi kunda rivojlanish cho‘qqisida va Eron hamda Belarus bir-birini qo‘llab-quvvatlashi va adolatsiz sanksiyalarga qarshi birgalikda kurashishi kerak.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!