Albert Eynshteynning nisbiylik nazariyasiga oid qoʻlyozmalari kimoshdi savdosida rekord darajadagi summa – 13 million dollar evaziga sotildi.
Ekspertlar qoʻlyozmalarning 2-3 million yevro evaziga sotilishini taxmin qilishgan, ammo yakuniy narx 13 million dollargacha koʻtarilgan. Bu olimga tegishli boʻlgan qoʻlyozmalar orasidagi rekord narx hisoblanadi.
54 varaqli qoʻlyozmada 1915-yilda eʼlon qilingan nisbiylik nazariyasiga oid muhim maʼlumotlar mavjud. Mutaxassislar ularning kimoshdi savdosiga qoʻyilgan eng qimmatli qoʻlyozmalar ekanligini taʼkidlab oʻtishgan.
Eynshteynga tegishli boʻlgan ishlar orasidagi avvalgi rekord “Yaratganga maktub” (2,8 million dollar) va baxt siri haqidagi xat (1,56 million dollar) qoʻlyozmalariga tegishli boʻlgan.
Kimoshdi savdosi 24-noyabr kuni boʻlib oʻtgan. Hujjat 1913-1914-yillarda Eynshteyn va uning hamkasbi Mishel Besso tomonidan yozilgan. Shuni ham taʼkidlab oʻtish kerakki, qoʻlyozma Bessoning avlodlari saʼy-harakatlari bilan shu kungacha saqlab kelingan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!