“Yuventus” va Italiya terma jamoasining sobiq himoyachisi Fabio Kannavaro “Benevento”ni boshqarishga kirishdi, deya xabar beradi Italiya klubi rasmiy sayti.
Italiyalik mutaxassisning kelishuvi 2024-yilning yoziga qadar moʻljallangan.
Kannavaroning “Benevento” murabbiyi sifatida rasmiy taqdimoti ertaga, 22-sentyabr kuni boʻlib oʻtadi.
Qayd etish mumkin, Kannavaroning Yevropada murabbiy sifatida tajribasi yoʻq. Italiyalik mutaxassis bungacha “Al-Ahli”, “Guanchjou Evergrand”, “Al-Nasr”, “Tyanszin Tyuantszyan” kabi klublarda murabbiylik qilgan.
Kannavaroning soʻnggi ish joyi Xitoy terma jamoasi boʻlib, mutaxassis u yerni 2019-yilda tark etgandi.
Maʼlumot uchun, “Benevento” oltita oʻyinda yetti ochko toʻplagan holda Italiya B Seriyasida 13-oʻrinni egallab turibdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!