2022-yil 19-aprel kuni soat 08:00 larda 1977-yilda tug‘ilgan fuqaro X.D. (erkak) turmush o‘rtog‘i bilan yashash xonadonida uy ishlarini o‘z vaqtida qilish masalasida o‘zaro janjallashib, xo‘jalik boltasi bilan bosh va bo‘yin sohasiga bir necha marotaba urib, uni qasddan o‘ldirib qo‘ygan.
Shundan so‘ng, X.D. Qo‘qon shahar ruhiy kasalliklar shifoxonasiga borib, shifokorlarga sodir etgan jinoyati haqida aytib bergan.
Bosh prokuratura Matbuot xizmatining Xabardor.uz‘ga maʼlum qilishicha, er-xotinning 4 nafar farzandi bor va erkak ruhiy kasalliklar shifoxonasida ro‘yxatda turgan.
Mazkur holat yuzasidan Uchko‘prik tumani prokuraturasi tomonidan fuqaro X.D. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Gumonlanuvchi protsessual tartibida ushlandi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!